Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil toʻlishi munosabati bilan “Til – millat koʻzgusi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda kuch tuzilmalarining oliy harbiy taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilari, kursantlar hamda tilshunos olimlar ishtirok etdi.

Konferensiyada soʻz olganlar tilimizning kelajagiga barchamiz birdek masʼul ekanligimiz va ajdodlardan bizgacha yetib kelgan tilimizni avlodlarga sof holda topshirishimiz kerakligini taʼkidladilar. Buning uchun oʻzbek millatiga mansub boʻlgan har bir inson islohotlarni avvalo oʻzidan boshlashi kerakligi tavsiya etildi.

– Bugungi konferensiyada ona tilimning oʻtmishi va buguni haqida mutaxassislardan qiziqarli maʼlumotlarni oldim, – deydi akademiyaning 2-bosqich kursanti Temurmalik Abduvahobov. – Yana bir narsani angladimki, men Vatan posboni boʻlish bilan bir qatorda shu millatning bir vakili sifatida ona tilimning kelajak rivoji uchun oʻz hissamni qoʻshishim shart. Nutqimning sof va ravon boʻlishida tinim bilmay izlanaman. Koʻproq badiiy kitoblar mutaolaa qilaman. Kelajakda oʻzbek tilini jahon tillari qatorida boʻlishini hamda bu tilda koʻplab insonlar suhbatlashishini istayman.

Konferensiyaning badiiy qismida tilimizga oid sheʼrlar, qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari ijro etildi.

nocomments