Qurolli Kuchlar akademiyasida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari Botir Ergashev ishtirok etdi.

Bayram kutilmagan tuhfalar, eʼtiroflar, qutlovlar bilan fayzli. Akademiyaning jonkuyar, fidoyi professor-oʻqituvchilari, murabbiylari taqdirlandi, navbatdagi harbiy unvonlar tantanali tarzda topshirildi. Ezgu kasb egalarini Qurolli Kuchlar akademiyasi boshligʻi polkovnik Babur Shayakubov, Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti boshligʻi general-leytenant Shavkat Normatov, podpolkovnik Rashit Ahmadaliyev qutladi.

nocomments