Mamlakatimizda xalqaro etnosport festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda YUNESKO, TURKSOY, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi vakillari, unga aʼzo davlatlarning hukumat vakillari, Islom hamkorlik tashkiloti hamda dunyoning 63 ta davlatidan jami 1 ming 900 nafar sportchi ishtirok etdi.

Festival doirasida Ichanqalʼa majmuasi hamda uning atrofidagi maydonlarda belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro turnir, oʻzbek jang sanʼati, Mas-Wrestling, “Bahodirlar oʻyini” va tosh koʻtarish boʻyicha chempionatlar, kamondan otish boʻyicha xalqaro ochiq turnir, milliy kurash, uchkurash, Turon yakkakurashi, qushlar ovi va ot sporti turlari boʻyicha koʻrgazmalar, mohir oshpazlar ishtirokida bellshuvlar tashkil etildi. 

Ushbu musobaqabada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasining 7 nafar harbiy xizmatchisi ham ishtirok etib, ikkita 3-oʻrin, uchta 3-oʻrinni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, serjant J.Abdiev va kursant M.Jamilov musobaqaning mutlaq gʻolibiga aylanib, shohsupaga ko‘tarildi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments