Qurolli Kuchlari Akademiyasi psixologik ta’minot guruhi tomonidan kursantlar tarkibi bilan ichki muhitni o‘rganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar, jamoani jipslashtirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda shaxsiy tarkib orasida ruhiy muhitni barqarorlashtirish maqsadida psixologik-trening va o‘yinlar tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytkanda, mazkur ijtimoiy-psixologik tadbirlardan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning ruhiy chidamliligini oshirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Axborot xizmati