10-sentabr kuni  Qurolli Kuchlari Akademiyasining kursantlari va oddiy askarlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishida musoboqalar o‘tkazildi. Jumladan, turnikda tortilish, turnikda ko‘tarilib aylanish yo‘nalishida erkin usulda turnik va brussda turli amallarni bajarishda yoshlar  o‘zaro kuch sinashdilar. Tashkil etilgan mazkur sport musoboqasini o‘tkazishdan asosiy maqsad, akademiyada “Street workout” sport turini Akademiyada tadbiq etish, tahsil olayotgan kursantlar va oddiy askarlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va yoshlarning sog‘lom turmush tarziga da’vat etishdan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments