2023 yil 10 sentyabr kuni Yakkasaroy tumani 100-umumta’lim maktabining 45 nafar harbiy sport sinfi o‘quvchilari va 100 ga yaqin ota- onalarning Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrifi uyushtirildi. Dastlab o‘quvchilar bilan harbiy sport sinfi ichki tartib qoidalariga binoan Qasamyod qilish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng barcha tashrif buyuruvchilar Akademiya bo‘ylab sayoxat qilishdi. Ular shonli tarixga ega bo‘lgan Akademiya tarixi muzeyi bilan tanishdilar. So‘ngra Madaniyat va ma’rifat markazida Akademiyada o‘qish va xizmat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar va ota-onalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi va Akademiya faoliyatiga oid film namoyish etildi.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Axborot xizmati