O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida O‘zbeksiton Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i polkovnik Bobur Ahmadjanovich Shayakubov so‘zga chiqib, barchani vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bilan muborakbot etdi. Shuningdek, tadbir davomida Akademiyada namunali xizmati uchun bir guruh xarbiy xizmatchilar va professor o‘qituvchilarga ko‘krak nishon va navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar va diltortar taronalar barchaga bayromona shukx bag‘ishladi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Axborot xizmati

nocomments